Ichingdagi Ichingdadir is a books & reference app developed by Kitoblar Olami | Smaruf.
How many times has Ichingdagi Ichingdadir been downloaded?
Ichingdagi Ichingdadir has been downloaded 19 thousand times. In the last 30 days, the app was downloaded 12 times.
What is the rating of Ichingdagi Ichingdadir?
Ichingdagi Ichingdadir has no ratings yet.
Is Ichingdagi Ichingdadir free?
Ichingdagi Ichingdadir is free to download. The APK download size is 10.90 MB. The latest version available is 1.1.10. The last update was on May 10, 2024.
What are the requirements for Ichingdagi Ichingdadir?
The app has a content rating of Everyone. The app has been available on Google Play February 2023.
Description
Bu asar insonni fikrlashga, fikrlash orqali o‘zligini, o‘zligi orqali Haqni — Yaratganni tushunishga undaydi. Shuning uchun ham «Ichindagi ichindadur»ga bir marta oshno bo‘lgan ko‘zi ochiq insonki bor, umrbod undan ayrilmasam, deydi. Chunki asar, avvalo, o‘sha inson haqida — siz haqingizda, men haqimda, umuman, hammamiz haqimizda. Bizning o‘zligimizni bilishimiz haqida. Axir olamda bundan qiziqarliroq, bundan muhimroq yana nima bor? Mashoyixlar «O‘zini bilgan avliyo bo‘ladi» deya bejiz aytishmagan. Hazratning o‘zi shunday deydi: «Rivoyat qiladilarki, bir podshoh o‘g‘lini hunarmandlar to‘piga qo‘shib qo‘yibdi. Ular bolaga turli bilimlardan, jumladan, ilmu nujumdan dars berishibdi. Shoh o‘g‘li butunlay ahmoq bo‘lgani holda o‘ziga o‘rgatilgan narsalarni puxta egallab olibdi. Kunlardan bir kun podshoh uni imtihon qilmoq uchun hovuchiga uzugini berkitib, o‘g‘liga «Bunda ne bor?» debdi. Bola «Qo‘lingdagi dumaloq, sariq va ichi bo‘sh narsadir» degach, hukmdor hayratda qolib «Alomatlarini to‘g‘ri aytding, ismini ayt» deb buyuribdi. O‘g‘il «G‘alvir bo‘lsa kerak» deb javob beradi. Podshoh «Olgan tahsiling sharofati bilan meni hayron etib alomat — belgilarni aniq ayting-u, ammo g‘alvirning hovuchga sig‘masligiga qanday qilib farosating yetmadi?» dedi afsus chekib. Xuddi shunday, — deb davom etadi Rumiy hazratlari — zamonamiz olimlari ham qilni qirq yoradilar, o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan narsalarni juda yaxshi biladilar, ammo o‘ta muhim, o‘zlari uchun qolgan barcha narsalardan yanada yaqin bo‘lganni, ya’ni o‘zlarini bilmaydilar. Hamma narsadan yaqin bo‘lgan borliq bu — ularning menligi». Mavlono Rumiy insonni, avvalo, ko‘zini ochishga va ochilgan ko‘zlar bilan o‘z mohiyatiga nazar tashlashga undaydiki, bu bilan ul valiy zot insonning o‘zi bir butun olam — kichik olam ekanligini uqtiradi.
«Ichindagi ichindadur» asari ulug‘vorlik va soddalikning bir makonu bir zamonda sig‘ishib yashashining go‘zal namunasidir. Albatta, komil inson — avliyolik asrori haqida ko‘plab olimu fuzalolarning xilma-xil asarlari mavjud. Lekin ularning ayrimlarini mutolaa qilarkanmiz, o‘zimizni xuddi ertak o‘qiyotgan boladek sezamiz. Chunki ularda tasvirlangan avliyo yoki komil inson go‘yo osmonda uchib yurgan erkin qushchayu, sizu biz zindonda — temir panjaradan uni umidsizligini kuzatib yotgan maxbus. Qushning ozodligidan, charx urib aylanishidan, baxtidan maxbusga ne naf? Qaytaga u ana shunday hur parvozi bilan bu bechoraning o‘z holiga ko‘nikib ketishiga to‘sqinlik qilib, iztirobini orttiradi, xolos. Rumiyda esa unday emas. Rumiy shohu gadoga ham, olimu avomga ham birdek xitob qiladi. Va har kimning qarshisiga o‘z hikmatlaridan bir ko‘prik tashlab, boshqalar nima desa deyaversin, lekin sening ham bu yo‘ldan o‘tishga haqqing bor, ki sen ham undan o‘tishga munosib va qodirsan, faqat g‘ayrat qil-da, kel!» deydi go‘yo. Boshqacha aytsak, Jaloliddin Rumiyning «Ichindagi ichindadur» asari insonlik va ilohiylik o‘rtasiga qo‘yilgan mustahkam ko‘prikdir.
Get a detailed PDF report for Ichingdagi Ichingdadir with download trends, rating history,
and key performance statistics — useful for competitive research or tracking your own app.
Learn more
Are you the developer of this app? Join us for free to see more information about your app and learn how we can help you promote and earn money with your app.
Each subscription will automatically renew 3 days before the expiration date for
the same time period. Subscriptions can be cancelled at any time before the renewal.