Ustachi Pro is a house & home app developed by USTACHI TEAM.
How many times has Ustachi Pro been downloaded?
Ustachi Pro has been downloaded 10 times. In the last 30 days, the app was downloaded 22 times.
What is the rating of Ustachi Pro?
Ustachi Pro has no ratings yet.
Is Ustachi Pro free?
Ustachi Pro is free to download. The APK download size is 51.25 MB. The latest version available is 1.0.4. The last update was on September 25, 2026.
What are the requirements for Ustachi Pro?
The app has a content rating of Everyone. The app has been available on Google Play since September 2026.
Description
Ustachi Pro — ustaning ish maydoni. Yo'nalishingizni tanlaysiz, buyurtma o'zi topib keladi, ishni qabul qilishdan topshirishgacha bir joyda yuritasiz.
Rom va eshik, tom, g'isht, elektrika, santexnika, kafel, bo'yoq, mebel… 25 dan ortiq yo'nalish.
BUYURTMA O'ZI TOPIB KELADI Hududingiz va yo'nalishingizga mos yangi e'lonlar bildirishnoma bo'lib keladi — qidirib yurmaysiz. Taklifingizni yuborasiz, mijoz tanlaydi, ish boshlanadi. Narxni e'londa aytmaysiz: shartlarni mijoz bilan chatda kelishasiz.
BANDLIK TUGMASI «Buyurtma qabul qilaman» ni o'chirib qo'ysangiz yangi so'rovlar to'xtaydi. Band paytingizda telefon tinch bo'ladi, yoqqaningizda so'rovlar yana kelaveradi.
ISHNI BOSQICHMA-BOSQICH YURITISH Har buyurtma o'z bosqichida turadi: qabul qilindi, o'lchov olindi, ishlab chiqarish, o'rnatish, topshirildi. Bosqichni belgilaganingizda mijozga xabar avtomatik ketadi — qo'ng'iroq qilib tushuntirish shart emas. Ro'yxatda kechikkan ish darhol ko'rinadi: qancha kun qolgani va qanchaga kechikkani yozib turadi.
XIZMAT NARXLARINGIZ Sohangiz bo'yicha o'z stavkalaringizni kiritib qo'yasiz. Har mijozga qaytadan o'ylab o'tirmaysiz — narx tayyor turadi.
O'Z BUYURTMALARINGIZ Mijoz ilova orqali kelmagan bo'lsa ham o'zingiz yozib qo'yasiz: mijoz ma'lumoti, chegirma, avans va qoldiq. Kim qancha to'lagani daftarda emas, ilovada turadi.
MIJOZ BILAN CHAT Shart va narxni chatda kelishasiz, kelishuv yozma qoladi. Yangi xabar bildirishnoma bo'lib keladi.
PROFIL VA ISH NAMUNALARI Mijoz sizni tanlashdan oldin yo'nalishingizni, tajribangizni va qilgan ishlaringiz rasmini ko'radi. Namuna qo'shsangiz tanlanish ehtimoli ortadi.
KORXONANGIZ Korxona nomi va logotipi hisob-kitobda hamda buyurtma varag'ida ko'rinadi.
ROM VA ESHIK USTALARI UCHUN — NARX KALKULYATORI Romni ilovaning o'zida chizasiz: bo'luvchi, ochiluvchi qanot, eshik, shotlanka va to'ldirma. Brend, profil seriyasi va materialni (plastik, alumin, termo) tanlaysiz — ilova xomashyolar ro'yxatini, sarfini va yakuniy narxni chiqarib beradi. • Har profil, shisha va aksessuar alohida qatorda — nima uchun qancha ketgani ko'rinadi • Chiqindi foizi, minimal qoldiq va valyuta kursi hisobga olinadi • Foyda foizi tannarx ustiga qo'shiladi va mijozga KO'RSATILMAYDI • Bitta buyurtmada bir nechta rom — hammasi bitta hisobda • Narxlar qurilmaga yuklab olinadi: obyektda internet bo'lmasa ham hisoblayverasiz • Qo'ng'iroq kelib chiqib ketsangiz chizma ham, sozlamalar ham saqlanadi — qaytganingizda o'sha joydan davom etasiz
Boshqa yo'nalishlar uchun kalkulyatorlar ustida ishlanmoqda.
QANDAY KIRILADI Telefon raqamingizni kiritasiz, SMS orqali 6 xonali kod keladi. Parol kerak emas.
TILLAR O'zbek, rus, ingliz, qozoq, qirg'iz, tojik, turkman va turk tillari.
DIQQAT Bu ilova USTALAR uchun. Usta qidirayotgan bo'lsangiz — «Ustachi» ilovasini yuklang.
Get a detailed PDF report for Ustachi Pro with download trends, rating history,
and key performance statistics — useful for competitive research or tracking your own app.
Learn more
Are you the developer of this app? Join us for free to see more information about your app and learn how we can help you promote and earn money with your app.
Each subscription will automatically renew 3 days before the expiration date for
the same time period. Subscriptions can be cancelled at any time before the renewal.